YANGI O'QUV YILI - YANGI FORMAT
2018-yilning 14-sentabr kuni Filial Kengashining 2018/2019 o'quv yilidagi birinchi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Direktor o'rinbosari- ijrochi direktor professor A.Magrupov Kengashga murojaatida ularni o'tgan 2017/2018 o'quv yilidagi yutuqlar bilan tabrikladi, kamchilikarni ta'kidladi, Filialning 2018/2019 o'quv yili uchun strategik yo'nalishlarini aniqladi.
Filial Kengashi "Matematika va informatika" bo'limi katta o'qituvchisi Sedov Sergey Stanislavovichni fiziko-matematika fanlari falsafa doktori unvoni bilan tantanali ravishda tabrikladi va uni ijrochi dotsent sifatida tavsiya qildi.
Direktor o'rinbosarlari E.Yuzlikayeva va S.Mexmonov tomonidan 2017/2018 o'quv yili hosobotlari eshitirildi. Filial Kenfashi filialning ichki qoidalariga o'zgartirishlar kiritdi, Talabarning etik qoidalari, Kuratorlar sistemasi ta'sis etildi.
Yig'ilish yakunida direktor o'rinbosari - ijrochi direktor professor A.Magrupov shuni ta'kidlab o'tdi: "Bizning umumiy vazifamiz- yangi o'quv yilini yangi formatda boshlashdir. Filialning barcha jamoat tashkilotlari ishini aktivlashtirish, o'quv-tarbiya jarayoni va material-texnik bazani mukammallashtirish, hamma kuchimizni kelajakdagi neft va gaz sanoati ishchilarini raqobatbardosh bo'lishini ta'minlash zarur".