BOLALAR - BIZNING KELAJAGIMIZ

Respublikada bolalarni tarbiyalash, ularga ta'lim berish va sog'lig'iga katta e'tibor qaratilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan ta'kidlanganidek: " Bolalari sog'lom davlatning - kelajagi buyuk".

Umumhalq bayram "O'qituvchi va murabbiylar kuni"arafasida, sog'lom va barkamol avlodni tarbiyalash, bolalar sportini rivojlantirishga yordam berish maqsadida, joriy yilning 25 sentyabrda I.M.Gubkin (MTU)nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent shahridagi filiali va "Junior» Rossiya bolalar futbol maktabi orasida  hamkorlik to`g`risida bitim imzolandi. Imzolangan bitim doirasida "Junior» maktabi Filial sport zalida uch yoshdan o'n besh yoshgacha bo`lgan bolalarga zamonaviy,  xalqaro standartlarga muvofiq sharoitida futbol bo`yicha o'quv faoliyati amalga oshiradi