Monitoring va ichki nazorat sektori
I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti (MTU)Toshkent shahar filialining (bundan keyin - Filial) Monitoring va ichki nazorat sektori 2007-yilda tashkil etilgan va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 12 yanvardagi PQ - 564_sonli "Toshkent shahrida I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti filiali faoliyatini tashkil etish to'g'risida" gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi, 1999 yil 29 martdagi 140-sonli “O'zbekiston Respublikasi Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo’yicha normativ xujjatlarni tasdiqlash haqida” gi, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining 2013 yil 6 noyabrdagi 407-son “Oliy ta'lim muassasalarida ijro intizomini mustahkamlash” to'g'risidagi buyrug'iga asosan faoliyat ko'rsatadi.
Bundan tashqari, filial direktori tomonidan «I.M.Gubkin nomidafi Rossiya davlat neft va gaz universiteti (MTU) Toshkent shahridagi filialining monitoring va ichki nazorat sektori to'g'risida " Nizom” tasdiqlangan bo’lib, sektorning maqsadi va vazifalari, huquq va majburiyatlarini, shuningdek sektorning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Sektor filialning tarkibiy bo'linmasi bo'lib, filial Direktoriga, direktor o’rinbosari - ijrochi direktorga bo'ysunadi.
Sektorning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- O'zbekiston Respublikasi Qonunlari, Oliy Majlis Palatasi qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmon va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi topshriqlari, buyruqlari va kengashi qarorlari, "O'zbekneftgaz" AJ ning, I.M.Gubkin nomidafi Rossiya davlat neft va gaz universitetining, Filial kengashining qarorlari, direktor, direktorining o'rinbosari -ijrochi direktorning buyruqlarinini samarali va o'z vaqtida bajarilishini monitoringi va ichki nazorati amalga oshirish;
- fuqarolarning huquqiy jihatdan yozma va og'zaki murojaatlarni ko'rib chiqish va ichki nazoratini, hamda Filial rahbariyatining topshiriqlarini bajarilishi, bo’limlar tomonidan va Filialning tizimidagi boshqa tarkibiy bo’linmalari tomonidan is yuritilishni ta’minlashni amalga oshirish.
Aloqa ma'lumotlari:
Manzil: 100125, Toshkent shahri, Mirzo Ulug'bek tumani, Durmon Yuli ko'chasi, 34-uy
Telefon: +99871 262-98-72, ichki telefon raqami - 115
E-mail: monitoring@gubkin.uz