Vatanparvarlik, fidoiylik va sadoqat tuyg’ulari haqida suhbat

2019 yil 20 sentyabr kuni Filialning «Ма’naviyat va ma’rifat» bo’limida birinchi kurs sardorlari bilan suhbat o’tkazildi. Suhbatda “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” bo’limi o’qituvchilari hamda yo’shlar bilan ish olib boruvchi ma’sul hodimlar ishtirok etdi. Suhbatda axloqiy tarbiya, Vatanga va xalqqa bo’lgan vatanparvarlik, fidoiylik va sadoqat  tuyg’ularining muhimligi e’tirof etildi. Pedagoglar talabalar diqqatini fuqarolik pozitsiyasini egallashda va milliy ongning shakllanishida kerak bo’lgan inson ma’naviyati, uning intellektual va jismoniy rivojlanishi masalalariga e’tibor qaratdi. Qayd etildiki, vatanparvarlik tuyg’usi va sadoqatli bo’lish ona tiliga, atrofu mihitga, milliy qadriyatlar va madaniyatga  bo’lgan cheksiz muxabbatni aks etadi. Ushbu tuyg’ular “qaxramonlik” bilan tengdir. Bugungi kunda odamlar qalbidagi qaxramonlik davlatimizning yuksak g’oyalari, ezgu maqsadlariga erishishiga qaratilgan bo’lishi lozim. 

Talabalar, vatanparvarlik va sadokatlilik kundalik hayotining mazmuniga, o’qish va mehnatda asosiy tamoyilga aylanishi kerakligi to’g’risida ishonch bildirdi. Buning uchun  matonat, mag’rurlik, fidoiylik va iroda kabi kuchlarni ishga solish kerak. 

Tadbir yakunida talabalar tomonidan, ushbu suhbat har bir akademik guruhlarda, murabbiylik soatlarida talaba-yoshlar davrasida  davom etishiga da’vat etildi. Har bir ta’lim oluvchi ongiga Vatanimiz oldidagi oliy burchga aylangan vatanparvarlik, fidoiylik va sadoqat  tuyg’ularining mazmun-mohiyati уеtkazilishiga urg’u berildi.