Yurak da'vati bilan Hasharga!

Hashar- buyuk ajdodlarimizdan o'tmishdan meros bo'lib avloddan-avlodga o'tib kelayotgan xalqimizning buyuk sifatidir. Hashar O'zbekiston madaniyatining bir qismiga aylanganligining sababi o'zbek xalqining mentaliteti bilan bog'liqdir. Bu zaminda odamlar har doim birgalikda yashashgan, birgalikda ishlashgan va bir-birlariga qo'ldan kelgancha yordam ko'rsatishgan.

Shu munosabat bilan, 2018-yilning 19-avgustida Filial ishchilari va Yoshlar Ittifoqi faollari "O'zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni" davlat tantanasiga bag'ishlangan umumxalq Hasharida faol ishtirok etishdi. Hashar ishtirokchilari Z.M.Bobur nomidagi shahar EKO bog'i va unga tegishli maydonni obodonlashtirishda yordam bedilar. Hammasi bo'lib, hayriya aksiya davomida, bog'ning 500 kvadrat metr maydoni obodonlashtirildi.

Hashar- insonlarni birlashtiruvchi, ularda yaxshilik, odamgarchilik va ko'ngilchanlik hissalarini kuchaytiruvchi tadbirdir!