«KITOBNI QADIRLAG, KITOB HAYOTNI O’RGATADI»

Hozirgi vaqtda bizning yurtimizda Uzbekiston Respublikasi Xarakatlar strategiyasining 2017-2021 yillarga mo’ljallagan beshta ustivor yo’nalishlari asosida barcha sohalarda keng miqyosda o’zgarishlar kuzatilmoqda.

Bu borada kitobxonlikka alohida e’tibor qaratilayotgani boy ma’naviy madaniytimizni yuksaltirishga, xalqimiz dunyoqarashini boyitishga, ayniqsa yoshlarni Vatanga muhabbat va sodiqlik ruhida  har tomonlama etuk shaxslar bo’lib tarbiyalashda muhim ahamyat kasb etadi.

Talabalar orasida kitobxonlik madaniyatini kuchaytirish uchun 2019 yil 10 aprel kuni I.M.Gubkin nomli Rossiya Davlat neft va gaz universiteti (MTU) yoshlar bilan ishlash bo’yicha “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi va Axborot resurslar markazi hamkorlikdaKitobni qadirlag, kitob hayotni o’rgatadi” mavzusida tadbir o’tkazildi.

Kitobxonlik madaniyatiga jalb etish maqsadida Filialda doimiy ravishda Axborot resurslar markazida bor bo’lgan barcha imkoniyatlardan foydalangan holda tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Yoshlar bilan ishlash bo’yicha “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi uslubchisi L.Shukurova o’zining kirish so’zida yoshlarni jamiyatimizga yot bo’lgan manfiy g’oyalardan ijtimoiy tarmoqlarda tashviqot qilinayotgan qo’shtirnoq ichidagi ommaviy madaniyatdan himoya qilish uchun talabalar orasida vatanparvarlik haqidagi adabiyotlarni targ’ibot etish zarurligini ta’kidlab o’tdi. Hamda davrimizning dolzarb masalalaridan biri shaxsiy kutubxona yaratish go’yasini singdirish, kitobga muhabbat uyg’otish, buyuk allomalarimiz merosini, oilaviy qadriyatlarni o’rganishdir.

Tadbirda “Kitobxonlik madaniyati” deb nomlangan videolavha namoish etildi.

Axborot resurslar markazi raxbari I.Konstantinovna talabalarni kutubxonaga kelgan yangi adabiyotlar bilan tanishtirdi. I. Konstantinovna kutubxona bugungi kunda-zamonaviy axborot markazi ekanligi va uning vazifasi insonning ta’lim va tarbiyasida amaliy va ma’naviy hayotining shakillanishida muhim ahamiyat kasb etishi haqida ta’kidlab o’tdi.

Kitob bilim bulog’i, agar sen zamon bilan hamohang qadam tashlamoqchi bo’lsang albatta juda ko’p o’qish kerak.

Tadbir iliq va do’stona vaziyatda otdi.